"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello xorvatiyalik Luka Modrichning "Milan"ga kelishi haqida fikr bildirdi.
"Modrich endi futbolga hech narsani isbotlashi shart emas. U hamma narsani yutib bo‘ldi. Yaxshiyamki, Italiyada o‘yin sur’ati boshqa chempionatlarga qaraganda sezilarli darajada sekinroq.
Bu Modrichga qo‘l keladi", - deya Kapelloning so‘zlarini keltirmoqda Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.













