Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nottingem Forest" Nunu iste’fosidan so‘ng o‘ziga kela olmayapti

"Nottingem Forest" Nunu iste’fosidan so‘ng o‘ziga kela olmayapti

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" hali biror marta Ange Postekoglu qo‘l ostida g‘alaba qozona olmadi.

Angliya jamoasi Yevropa ligasi guruh bosqichi 1-turida "Betis" mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

"Nottingem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu o‘rniga kelgan Ange Postekoglu jamoa bilan to‘rtinchi o‘yinini o‘tkazdi - uning hisobida 2 durang va 2 mag‘lubiyat bor.

Avvalroq jamoa APLda "Arsenal"ga (0:3), Angliya Liga kubogida "Suonsi"ga (2:3) yutqazgan, shuningdek, APLda "Byornli" bilan durang o‘ynagan (1:1).

"Nottingem" mavsumni 27 sentyabr kuni APL doirasida "Sanderlend"ga qarshi uy o‘yini bilan davom ettiradi.

Kiritildi: 08:26, 25.09.2025.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик