Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Messidan keyin La Ligada faqat ikki argentinalik 3+ to‘p kiritgan

Messidan keyin La Ligada faqat ikki argentinalik 3+ to‘p kiritgan

Baho:
+ | -

"Atletiko"ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya La Ligasining 6-turi doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi kechgan Madrid derbisida uchta gol urdi. Uchrashuv 3:2 hisobida "matraschilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Alvares 2020 yildan beri La Liganing bitta o‘yinida xet-trik qayd etgan yoki uchtadan ortiq gol urgan uchinchi argentinalik futbolchi hisoblanadi.

2020 yil 22 fevralda Lionel Messi "Eybar"ga qarshi o‘yinda (5:0) poker qayd etdi. Shundan so‘ng argentinaliklardan faqatgina Alvares va Valentin Kastelyanos uch va undan ortiq gol urdi. "Lasio"ning Tati laqabli hujumchisi 2023 yil 25 aprel kuni Madridning "Real" klubiga qarshi o‘yinda "Jirona" safida (4:2) to‘rtta gol urgandi.

Alvares 2024 yilning avgustida "Atletiko"ga o‘tgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilga qadar imzolangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 6 ta uchrashuvda 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:57, 25.09.2025.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик