Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya - PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Mbappe golli seriyasini davom ettirdi

Mbappe golli seriyasini davom ettirdi

Baho:
+ | -

Ayni damda Madrid derbisi doirasida "Atletiko Madrid" va "Real Madrid" o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tmoqda. 

“Matraschilar” birinchi bo‘lib gol urishgandi, ammo 25-daqiqada "Los Blankos" hisobni tenglashtirdi. Gol Kilian Mbappe tomonidan kiritildi.

Mbappe shu tariqa o‘zining golli seriyasini uzaytirdi - u "Real Madrid" va Fransiya terma jamoasidagi so‘nggi yetti o‘yinining har birida gol urdi.

2025/2026 yilgi mavsumda "Real Madrid" safida o‘tkazilgan sakkizta o‘yindan faqat bittasida Mbappe gol ura olmadi. Ushbu sakkizta o‘yinda Kilian allaqachon 10 ta golga ega.

Kiritildi: 20:54, 27.09.2025.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик