Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Koventri» Rashvortning rekord transferi bo‘yicha kelishib oldi

«Koventri» Rashvortning rekord transferi bo‘yicha kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Koventri» darvozabon Karl Rashvortning transferi bo‘yicha «Brayton» bilan kelishuvga erishdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, bitim summasi taxminan 26 million yevroni tashkil etadi, bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlar bilan birga bu ko‘rsatkich 35 million yevrogacha yetishi mumkin.

25 yoshli darvozabon «Koventri» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Klubning avvalgi transfer rekordi himoyachi Orel Amendu uchun to‘langan 20 million yevro edi.

Rashvort o‘tgan mavsumda «Koventri» safida ijara asosida to‘p surdi va Chempionshipda g‘olib chiqib, APLga qaytgan jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Darvozabon barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Rashvort yaqin 48 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shundan so‘ng transfer rasman rasmiylashtirilishi kutilmoqda. «Brayton» kelishuvga futbolchining keyingi sotuvidan ulush olish va qayta sotib olish huquqini kiritgan.

Kiritildi: 09:11, 29.07.2026.
O'qildi: 3015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик