Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Boka Xuniors” bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi

“Boka Xuniors” bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Murabbiy 2025 yil sentyabr oyida siydik yo‘llaridagi infeksion kasallik sababli kasalxonaga yotqizilgan edi. Shifoxonada uning ahvoli og‘irlashdi.

“U so‘nggi kunigacha futboldagi buyuk ishtiyoqiga sodiq bo‘lib qoldi. Uning yordamchisi Klaudio Ubeda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u kasalxonada yotgan vaqtida ham jamoa bilan bog‘liq barcha jarayonlardan xabardor bo‘lgan. U ishiga fidokorlik bilan yondashgan, o‘z hayoti davomida futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham haqiqiy kurashchi bo‘lib qolgan”, deyiladi klub bayonotida.

Russo futbolchilik faoliyatining barchasini “Estudiantes” klubida o‘tkazgan. 1989-yildan boshlab murabbiylik faoliyatini boshlagan va shu vaqt davomida “Lanus”, “Veles Sarsfild”, “San-Lorenso”, “An-Nassr”, “Millonarios”, “Estudiantes” va “Boka Xuniors” kabi klublarda ishlagan.

U “Boka Xuniors” klubini 2007-yilda, keyin 2020–2021-yillarda va yana 2025-yilda boshqargan. 2007-yilda Russo “Boka” bilan Libertadores Kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:50, 09.10.2025.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик