Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Brunu yozda Saudiya Arabistoniga ketmaydi

Brunu yozda Saudiya Arabistoniga ketmaydi

Baho:
+ | -

Brunu Fernandesh mavsum oxirida Saudiya Arabistoniga o‘tishga qiziqmayapti.

O‘tgan yozda portugaliyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"da qolish uchun "Al-Hilol" va "Al-Ittihod"ning yirik takliflarini rad etgan edi.

"MYU" sardoriga yaqin manbalar uning 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin klubni tark etishga va Saudiya Arabistonidan taklifni qabul qilishga tayyorligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb yozadi BBC Sport.

Ta’kidlanishicha, shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va bir yilga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan Fernandesh faqat Yevropaning yirik ligalariga qiziqish bildirmoqda. Ammo hozircha u "Yunayted"ga to‘liq sodiq.

Portugaliyalik mankunianliklarga yaxshiroq natijaga erishishda yordam berishga bel bog‘lagan.

Bundan tashqari, u mavsumni APLning kuchli beshligida yakunlab, klubga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini taqdim etishiga ishonmoqda.

Kiritildi: 17:30, 09.10.2025.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.