Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Tuxel: "10 yildan keyin Reshford amalga oshirilmagan, chegarasi yo‘q salohiyatdan hafsalasi pir bo‘lishi mumkin"

Tuxel: "10 yildan keyin Reshford amalga oshirilmagan, chegarasi yo‘q salohiyatdan hafsalasi pir bo‘lishi mumkin"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning 27 yoshli forvardi, joriy mavsum "Barselona" safida to‘p tepayotgan Markus Reshfordning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Markus o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishda davom etishi muhim. Uning plankasi juda-juda baland. Balki boshqalarnikidan balandroqdir. Unda bu salohiyat bor, lekin "salohiyat" katta sport uchun xavfli so‘z. Muntazam ravishda o‘z qobiliyatingizni maksimal darajada ko‘rsatishingiz kerak. Bu iste’dod masalasi emas. Bu uning asosiy tarkibda yoki zaxiradan maydonga tushishidan qat’i nazar, klub va xalqaro miqyosda buni isbotlay oladimi, degan savol bor.

Markus dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lishi mumkin. Uning darajasini mashg‘ulotlarda ko‘rib turibman, ikki oyog‘i va boshi bilan hujumlarni yakunlaydi. U portlovchi, tezkor, ikkinchi qavatdagi o‘yinda kuchli, shunday ekan, uning chegarasi qayerda? Chegara yo‘q, lekin ko‘rsatkichlar uning salohiyatini aks ettirmaydi. U golli hujumlarda ishtirok etishga harakat qilishi kerak. Men unga bu haqda gapirdim.

Reshford hali ham o‘yinini tiklash jarayonida. U qaror qabul qilishi kerak. U to‘g‘ri qaror qabul qilish va taslim bo‘lmaslik uchun yetarlicha yosh. Aks holda, 10 yildan keyin u erishishi mumkin bo‘lgan va aslida erishgan narsasidan hafsalasi pir bo‘ladi", - deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Goal.

Joriy mavsumda Reshford "Barselona"ning barcha musobaqalardagi 10 o‘yinida 3 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.

Kiritildi: 14:53, 14.10.2025.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.