Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
"Men Xabi Alonsoning rejalari haqida to‘liq ishonchga egaman. Agar bir kun u menga darvozabon bo‘lishimni aytsa, men qo‘lqop sotib olaman!", - dedi 20 yoshli xavbek.
Gyuler madridliklar safida joriy mavsumda 10 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 4 ta assist berdi.













