Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Real” yulduzlariga yangi BMW mashinalari topshirildi: eng qimmat avtomobilni kim tanladi?

“Real” yulduzlariga yangi BMW mashinalari topshirildi: eng qimmat avtomobilni kim tanladi?

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi har yilgidek klub homiysi hisoblangan Germaniyaning BMW kompaniyasidan yangi avtomobillarni qabul qilib olishdi.

Shartnomaga ko‘ra, har mavsum boshida BMW kompaniyasi “qirollik klubi” futbolchilariga shaxsiy avtomobillar topshiradi. Bu yilgi avtomobil modellari elektr yoki gibrid dvigatellarga ega ekanligi bilan oldingilaridan farq qiladi.

Bu safar futbolchilar eng ko‘p tanlagan model BMW i7 bo‘ldi. Uning boshlang‘ich narxi taxminan 135 ming yevroni tashkil qiladi. Ushbu qimmatbaho avtomobilni Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Arda Gyuler, Eder Militao, Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karerras, Endrik va Raul Asensio tanladi. Jamoadagi bosh murabbiy Xabi Alonso ham i7 modelini qabul qilib oldi.

Ikkinchi o‘rinda esa BMW XM turdi. Uning narxi 200 ming yevrogacha yetishi mumkin. Bu modelni Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Rodrigo, Din Xeysen, Braim Dias va Ferlan Mendi tanladi.

Ba’zi futbolchilar esa nisbatan kamtarona variantlarni afzal ko‘rishdi. Jumladan, Franko Mastantuono BMW i4 (taxminan 50 ming yevro) oldi. Trent Aleksander-Arnold va Eduardo Kamavinga esa BMW iX (80 ming yevro atrofida) modelini tanladi. Gonsalo Garsiya Torres esa i5 (taxminan 70 ming yevro) mashinasini qabul qilib olgan.

Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin esa boshqalardan ajralib turishga qaror qilib, 160 ming yevrodan ortiq narxga ega bo‘lgan BMW M5 modelini tanlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:36, 17.10.2025.
O'qildi: 4247 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.