Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh maydondagi yangi pozisiyasi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh maydondagi yangi pozisiyasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» jamoasi sardori va yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh o‘zining yangi pozisiyasi haqida fikr bildirdi.

«Endi yangi, biroz chuqurroq pozisiyada o‘ynab, oldindagi futbolchilarni to‘p bilan ta’minlay olaman. Balki bu har doim golli pas bo‘lmasa ham, ammo chiziqlar orasidagi uzatma bo‘ladi — u orqali jamoadoshlarim hujumlar yaratish imkoniga ega bo‘ladilar. Orqada pleymeyker futbolchi bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Avval men “o‘ninchi raqam” pozisiyasida o‘ynaganimda, orqamda Matich va Pol bor edi — ular bu ishni ajoyib bajarardi. Ular orqali men ham katta tajriba to‘pladim, chunki aynan ular to‘pni oldinga yetkazib berardi», – dedi Fernandesh klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:39, 18.10.2025.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик