Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Superliga. «Dinamo» Samarqandda «Buxoro»da yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. «Dinamo» Samarqandda «Buxoro»da yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Buxoro” bahsi Samarqand shahrida qizg‘in muhitda kechdi. Ushbu o‘yin “Dinamo” uchun juda muhim ahamiyatga ega edi va jamoa o‘z muxlislari oldida haqiqiy iroda namoyish etdi.

Birinchi bo‘limda maydondagi ustunlikka qaramay, samarqandliklar imkoniyatlardan foydalana olishmadi. 21-daqiqada mehmonlar safidagi Toma Tabatadze hisobni ochib, “Buxoro”ni oldinga olib chiqdi. Birinchi taym 0:1 hisobida yakunlandi va tribunalarda biroz xavotir sezildi.

Tanaffusdan keyin esa “Dinamo” tubdan o‘zgargan jamoaga aylandi. 60-daqiqada yosh yarimhimoyachi Firdavs Abdurahmonov maydon markazidan oldinga surilib, chiroyli zarba bilan hisobni tenglashtirdi — 1:1. Bu gol jamoaga ishonch bag‘ishladi va shundan so‘ng maydonda faqat samarqandliklar hukmronlik qildi.

71-daqiqada serbiyalik legioner Marko Stanoyevich jarima zarbasidan a’lo darajadagi supergol urdi — 2:1! Bahsni stadionda tomosha qilgan Fabio Kannavaro ham bu goldan so‘ng futbolchiga olqish yo‘llagani aytildi.

Shu bilan to‘xtab qolmagan “Dinamo” 76-daqiqada yana Firdavs Abdurahmonov orqali hisobni 3:1ga yetkazdi. Yosh futbolchi bugungi bahsda dublini rasmiylashtirdi va uchrashuv qahramoniga aylandi.

O‘yin yakunlanishi arafasida Anvarjondan go‘zal gol – haqiqiy master-klass! Hisob 4:1 bo‘ldi va “Dinamo” muxlislari Samarqand shahri kunida bayramona g‘alabani nishonlash imkoniga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Superligasi. 25-tur
2025 yil 18 oktyabr, shanba. Samarqand, “Dinamo” stadioni.
"Dinamo" – "Buxoro" — 4:1 (0:1)
Gollar: 0:1 — Toma Tabatadze (21'), 1:1 — Firdavs Abdurahmonov (60'), 2:1 — Marko Stanoyevich (71'), 3:1 — Firdavs Abdurahmonov (76'), 4:1 — Anvarjon (90')
Ogohlantirish: Muhammad Yo‘ldoshev (“Buxoro”, 62')
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov,
Zaxira hakam: Aziz Jumanov,
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov,
VAR: Nayim Qosimov,
AVAR: Edita Mirobodova
Komissar: Oybek Davletmurodov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:19, 18.10.2025.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.