Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Klopp "Liverpul"ga qaytishga tayyor ekanligini aytdi

Klopp "Liverpul"ga qaytishga tayyor ekanligini aytdi

Baho:
+1 | -

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp "Liverpul" bosh murabbiyligiga qaytish imkoniyati haqida fikr bildirdi. U jamoani 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan edi.

"Men avval aytganimdek, agar gap "Liverpul" haqida bo‘lmasa, Angliya Premyer-ligasida boshqa hech qachon ishlamayman. Demak, ha, nazariy jihatdan mening qaytishim mumkin," - deya ta’kidladi Klopp.

Kloppning rahbarligi ostida "Liverpul" bir marotaba Angliya chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibi unvonini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, mersisaydliklar Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UYEFA Superkubogi, Angliya kubogi va mamlakat Superkubogini ham zabt etishdi. Shuningdek, jamoa ikki marta Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 16:12, 20.10.2025.
O'qildi: 4549 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик