Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Ronaldu «An-Nasr» rahbariyatidan «Barselona» hujumchisi transferini talab qildi

Ronaldu «An-Nasr» rahbariyatidan «Barselona» hujumchisi transferini talab qildi

Baho:
+1 | -

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Saudiya Arabistoni Proligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli polshalik futbolchiga Riyodning “An-Nasr” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa sardori Krishtianu Ronalduning shaxsan o‘zi klub rahbariyatidan Levandovskini transfer qilishni so‘ragani aytilmoqda.

“Barselona” rahbariyati hujumchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayotgani sabab, futbolchining jamoadan ketish ehtimoli yuqori. Sabablardan biri — uning yuqori maoshi. Shuningdek, futbolchining yoshi, past samaradorligi va raqibga bosim o‘tkaza olish qobiliyatining susaygani ham sabab bo‘lgan.

Mazkur transfer 2026 yil yozida amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq yaxshi taklif tushsa, “Barselona” qishki transfer oynasidayoq uni sotib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2022-yilning yozida Kataloniya klubi safiga qo‘shilgan edi. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Hujumchi joriy mavsum jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:48, 21.10.2025.
O'qildi: 7553 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик