Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Tudor - "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: "Menda ijobiy his-tuyg‘ular bor"

Tudor - "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: "Menda ijobiy his-tuyg‘ular bor"

Baho:
+ | -

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Igor Tudor Chempionlar ligasi doirasida "Real" mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu og‘ir. Rejalashtirganimizni amalga oshirdik. O‘ylaymanki, jamoa o‘zini ko‘rsatdi. "Real"ga qarshi "Bernabeu"da qiyin. Ular bosim o‘tkazishadi, sen esa odatdagidan kamroq to‘pga egalik qilasan. Taktik jihatdan, balki biroz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, ammo gap faqat bizda emasdi - "Real" ham o‘ynadi.

Natija muhim, lekin biz o‘yinda bo‘lganimizni his qilyapman. Qo‘limizdan kelganini qildik, ammo bizga imkoniyatni golga aylantiradigan vaziyat yetishmadi. Bu mening jamoam uchun yaxshi sinov. Ehtimol, bu stadionga kelib, g‘alaba qozonishga harakat qilish mumkin bo‘lgan eng qiyin stadiondir. Menimcha, biz biroz ko‘prog‘iga loyiqmiz. Yutqazgan bo‘lsak-da, qanday o‘ynaganimizni tahlil qilsak, kelajak haqida ijobiy hissiyotlarga egaman," - dedi Tudor matbuot anjumanida.

"Yuventus" Chempionlar Ligasining 3 turida atigi 2 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 08:57, 23.10.2025.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик