Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"PSJ" 17 yoshli iqtidorli himoyachi topdi

"PSJ" 17 yoshli iqtidorli himoyachi topdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "PSJ" klubi qishki transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirib, iste’dodli va istiqbolli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "PSJ Inide" va "Diario AS" xabar berdi.

Parij klubi "Nant" safida to‘p tepayotgan 17 yoshli vunderkind Tilel Tati xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik himoyachi joriy mavsum chempionatda 7 ta o‘yin o‘tkazib, Ispaniya, Italiya va Angliya grandlari e’tiboriga tushdi.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Tati Fransiya kubogi yoki chempionat o‘yinlarida asosiy markaziy himoyachilar o‘rnini egallay olishiga ishonmoqda.

Iste’dodli futbolchining "Nant" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan va uning transfer narxi olti million yevroni tashkil etadi. Tilelning transferi "PSJ"ga taxminan o‘n million yevroga tushishi kutilmoqda.

Parij klubi murabbiylar shtabi Tatini Lukas Beraldo, Ilya Zabarniy va Uilyam Pachoga raqobatchi bo‘lishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 16:50, 24.10.2025.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик