"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler va jamoa hujumchisi Kilian Mbappe o‘rtasida mukammal aloqa rivojlanmoqda.
20 yoshli turkiyalik futbolchi yangi mavsumda 14 ta o‘yinda 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Qiziqarlisi, bu vaziyatlarning barchasida Kilian Mbappe gol urgan.
"Qaymoqranglilar" bugun YECHL 4-turida "Liverpul" mehmoni bo‘ladi. O‘yin 01:00 da start oladi.













