Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

A Seriyada «golsizlik inqirozi»

A Seriyada «golsizlik inqirozi»

Baho:
+ | -

A Seriya haqiqiy «golsizlik inqirozi»ni boshidan kechirmoqda. Italiya chempionati hozirda Yevropaning beshta to‘p-5 ligasi ichida eng kam gol uriladigan musobaqaga aylandi. Joriy mavsumdagi 110 ta uchrashuvning 17 tasi 0:0 hisobi bilan yakunlangan — bu barcha o‘yinlarning 15,5 foizini tashkil etadi. Solishtirish uchun: Angliya Premyer-ligasida faqat 6,4 foiz o‘yinlar golsiz tugagan, Fransiyada — 4,6%, Germaniyada — 4,4%, Ispaniyada — 4,2%.

Joriy mavsumda A Seriyada eng ko‘p qayd etilgan hisob — 0:0. Keyingi o‘rinlarda 1:1 (13 marta) va 0:1 (11 marta) turibdi. Umuman olganda, 59,1% o‘yinlar (110 ta bahsdan 65 tasi) ikkita yoki undan kam gol bilan yakunlangan — bu ko‘rsatkich Bundesligadagi (36,7%)dan ancha yuqori. Chempionatning yana bir xususiyati — duranglar ulushining yuqoriligi: 38 ta uchrashuv (34,6%) shunday yakunlangan va bu ko‘rsatkich Yevropadagi barcha yetakchi ligalar ichida eng yuqorisi hisoblanadi.

2017 yildan 2022 yilgacha A Seriya har mavsum 1000 tadan ortiq gol urish chegarasini bosib o‘tardi, rekord esa 2020/21 yilgi mavsumda qayd etilgan — 1163 to‘p. Ammo so‘nggi uch yilda bu ko‘rsatkich yomonlashdi: o‘tgan mavsum 973 gol bilan yakunlangan — bu 2011/12 yilgi mavsumdan (971 gol) keyingi eng past natija.

Hozircha, 11 turdan so‘ng, jami 244 gol kiritilgan (o‘rtacha har turda 22,2 to‘p), bu esa mavsum oxirigacha taxminan 850 gol bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Solishtirish uchun: Bundesligada hozir 290 gol (o‘rtacha 3,21 har o‘yinda), Liga 1da — 315 (2,92), La Ligada — 301 (2,74), Angliya Premyer-ligasida esa — 313 (2,61).

Bu holat to‘purarlar ro‘yxatida ham aks etmoqda: Germaniyada Harri Keyn (13 gol), Fransiyada Xoakin Panichelli (9), Ispaniyada Kilian Mbappe (13), Angliyada Erling Xoland (14) yetakchilik qilsa, Italiyada eng ko‘p gol urganlar — atigi 5 tadan to‘p bilan Hakan Chalhano‘g‘li va Rikkardo Orsolini.

Shu bilan birga, boshqa mamlakatlarda yetakchilar klassik hujumchilar bo‘lsa, Italiyada — yarim himoyachi va qanot o‘yinchisi. Buning o‘ziyoq shuni tasdiqlaydiki: samaradorlik muammolari faqat «Roma» kabi ayrim jamoalarda emas, balki butun chempionat miqyosida kuzatilmoqda.

Manba: https://t.me/Football_shavkat26
Kiritildi: 13:55, 13.11.2025.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик