"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalye Telefoot nashriga bergan intervyusida Parij klubidagi bosim haqida gapirdi.
24 yoshli darvozabon yozgi transfer oynasida jamoaga o‘tdi. Uning hisobida 17 ta o‘yin bor, shundan 7 tasida u darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Meni lupa ostida ko‘rishyapti.
Bu qanchalik shafqatsiz ekanligini tushunishingiz kerak", - deydi Shevalye TV1 telekanalida namoyish etilgan intervyuning tizerida.
Téléfoot yakshanba kuni to‘liq intervyuni taqdim etadi.













