Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ravshan Muxadov: «Andijon» oxirgi o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi”

Baho:
+ | -

OCHL-2. «Andijon» - «Arkadag» bahsi oldidan bugun “Bobur arena”da tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Muxadov va futbolchi Ibrohim Mammedov ishtirok etishdi.

Ravshan Muxadov: - Menga O‘zbekiston begona emas. Bu yurtga yana kelganimdan xursandman. Men o‘z vaqtida «Paxtakor» jamoasida mamlakatingizni taniqli mutaxassislari - Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Andrey Pyatniskiy kabi futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surganman. Ertangi o‘yinga keladigan bo‘lsak, «Andijon»ga ham, bizga ham g‘alaba zarur. Keyingi bosqichga chiqish uchun barchada imkoniyat bor va bundan foydalanish uchun albatta ertangi uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rib keldik.

Ibrohim Mammedov: - Barchaga salom. «Andijon»ni qanaqa jamoaligini bilamiz, bu borada o‘rganganmiz. Ertangi uchrashuvda murabbiyimiz ko‘rsatmasiga asoslanib maydonga chiqamiz va bizga berilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Andijonga xush kelibsiz. Raqamlar shuni ko‘rsatyaptiki, jamoa Turkmaniston chempionatida juda yaxshi o‘ynayapti. Ertangi uchrashuvda jamoangiz hujumkor o‘yin ko‘rsatadimi yoki boshqachami?

Ravshan Muxadov: - Bunday savolni menga arablar ham berishgandi (kuladi). Raqib murabbiyi sizga shunday savol berishni aytdimi (kuladi). Hech qachon hech qaysi murabbiy oldindan taktika haqida ochiq gapirmaydi. Siz mendan xafa bo‘lmang. Lekin biz ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Hujumkor futbol ko‘rsatamiz. Xafa bo‘lish yo‘q (kuladi).

- «Arkadag» klubi hali o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan jamoaga qarshi o‘ynaydi. Shuni hisobga olganda, alohida tayyorgarlik ko‘rildimi? Ertaga yana 0:0 bo‘lishidan cho‘chimayapsizmi?

Ravshan Muxadov: - 0:0 bo‘lgan o‘yinda himoyachilar g‘alaba qozongan deyish mumkin. Ya’ni, gol o‘tkazmagan jamoani yutdi desa bo‘ladi. Himoyada yaxshiroq o‘ynagan bo‘ladi. Ertaga g‘alaba kerak, harakat qilamiz. Har qanday jamoa gol urish uchun o‘ynaydi. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun gol urolmaganmiz. Ertaga buni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. «Andijon» chempionatni oxirgi turida 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi.

- Jamoa tarkibida muammolar yo‘qmi? Jarohat olganlarchi?

Ravshan Muxadov: - Bir-ikkita futbolchi jarohat sababli maydonga tusha olmaydi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:01, 25.11.2025.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик