Angliya Premyer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Liverpul" uchrashuvi davom etmoqda.
Ikkinchi bo‘lim boshida "qizillar" o‘yinda hisobni ochishdi. Aleksandr Isak 60-daqiqada Kodi Gakponing uzatmasidan so‘ng APLda "Liverpul" safidagi debyut golini kiritdi.













