Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Lingard Janubiy Koreyani tark etadi

Lingard Janubiy Koreyani tark etadi

Baho:
+ | -

Angliyalik yarim himoyachi Jessi Lingard 2025 yilgi mavsum yakunida Janubiy Koreyaning "Seul" klubini tark etadi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

2024 yilning fevralidan buyon "Seul" sharafini himoya qilib kelayotgan 32 yoshli futbolchi OCHL elit bosqichi 6-turi doirasida 10 dekabr, chorshanba kuni Avstraliyaning "Melburn Siti" klubiga qarshi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.

"Bu oson qaror bo‘lmadi. Janubiy Koreyada o‘tkazgan vaqtim aql bovar qilmas darajada bo‘ldi - klub atrofidagi futbol, muhit va ishtiyoq yuqori darajada edi. Ikki yil davomida menga ko‘rsatilgan mehr, qo‘llab-quvvatlash va e’tibor haqiqatan ham ajoyib bo‘ldi," - deb yozdi ingliz o‘zining Instagram sahifasida.

"Seul"dagi ikki mavsumda Jessi 66 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, vaqti-vaqti bilan jamoa sardori vazifasini bajardi.

Lingard faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 16:53, 05.12.2025.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик