Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ouen Salohning so‘zlariga munosabat bildirdi

Ouen Salohning so‘zlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -1

"Liverpul"ning sobiq forvardi Maykl Ouen Muhammad Salohning so‘zlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Saloh "Liverpul" rahbariyati va murabbiy Arne Slotni ketma-ket uchta o‘yinda zaxirada qolib ketgani uchun tanqid qilgandi. Misrlik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini umidsiz his qilmoqda, zaxirada qolish sabablarini tushunmayapti.

"Saloh, o‘zingni qanday his qilayotganingni tasavvur eta olaman. Sen uzoq vaqt davomida bu jamoaning sardori bo‘lding va erishish mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarga erishding. Ammo bu jamoaviy o‘yin va sen aytgan gaplarni oshkora aytmasliging kerak edi.

Bir haftadan so‘ng Afrika Millatlar Kubogiga jo‘naysan. Shubhasiz, o‘shanda tilingni tiyib, o‘z vataning vakili ekanligingdan faxrlanasan va qaytib kelganingdan keyin vaziyat qanday bo‘lishini ko‘rasan", deya yozdi Ouen X sahifasida.

 

Kiritildi: 17:12, 07.12.2025.
O'qildi: 2205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик