Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Serj Gnabri klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Vaziyat juda sokin. Biz gaplashyapmiz. Ko‘ramiz, bundan nima chiqarkin. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda, hammaning ko‘ngli to‘q," - deya Gnabri so‘zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, "Bavariya" 30 yoshli futbolchiga 2028 yilgacha mo‘ljallangan, ammo maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.













