Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Jarohatdagi Hakimiy Marokash terma jamoasiga qo‘shilish uchun "PSJ" qarorgohini tark etdi

Jarohatdagi Hakimiy Marokash terma jamoasiga qo‘shilish uchun "PSJ" qarorgohini tark etdi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimiy Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish uchun terma jamoasiga qo‘shiladi. Bu haqda Fransiyaning Footmercato portali xabar bermoqda.

Ayni damda futbolchi Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "PSJ" - "Bavariya" (1:2) o‘yinida olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Himoyachi nemis klubi vingeri Luis Dias bilan to‘qnashib ketishi oqibatida to‘pig‘i paylari cho‘zilib ketgan. Uning turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

Hakimiyga "PSJ"ning tibbiy xodimi hamrohlik qiladi, u terma jamoa bosh murabbiyi Valid Regrari shtabi bilan hamkorlik qiladi va marokashlikning ahvolini kuzatib boradi. Ta’kidlanishicha, parijliklar futbolchini Afrika Millatlar Kubogidan keyinoq maydonga qaytarishni istamoqda.

Kiritildi: 16:49, 09.12.2025.
O'qildi: 342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик