"Atletiko" klubi va Argentina terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Maksi Rodriges Diyego Simeonening Madrid klubidagi faoliyatiga baho berdi.
- Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlab, keyin yetakchilardan biriga aylangan Ispaniya chempionati, "Atletiko" va Simeoneni kuzatyapsizmi?
"Ha, har doim. Ularga o‘zgacha mehrim bor. Men u yerda ajoyib besh yilni o‘tkazdim.
"Atletiko" biroz qiynalgan ko‘rinadi, ammo uch-to‘rt o‘yinda g‘alaba qozonib, peshqadamlarga yaqinlashib oldi. Chempionatda mavsum uzoq davom etadi.
"Barsa" yoki "Real" bilan raqobatlashish qiyin, ammo "Atletiko" anchadan beri yaxshi holatda.
Simeone klubni aql bovar qilmaydigan darajada o‘zgartirdi: u tufayli ular maydonda va undan tashqarida grandlar bilan raqobatlasha boshladi", - dedi Rodriges.













