Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasida "Napoli"ga qarshi kechadigan qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.
"Italiya jamoasiga qarshi o‘ynash ustunlik bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. "Napoli" juda kuchli jamoa bo‘lib, qisqa vaqt ichida ikkita Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Afsuski, biz uchun ular mavsum boshidagiga qaraganda boshqacha o‘ynamoqda. Menga ularning avvalgi o‘yinlaridan ko‘ra hozirgi o‘yinlari ko‘proq yoqadi", - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Benfika" 10 dekabr kuni "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.













