"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank o‘zidan oldingi murabbiy Anje Postekoglu haqida gapirdi.
"Men faqat Anje afsonaga aylanganini va doim shunday bo‘lib qolishini ayta olaman. U katta sovrinni qo‘lga kiritdi va klub rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Men uning merosini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldim va men bu muvaffaqiyatni davom ettirishga harakat qilaman", dedi daniyalik murabbiy.













