Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Argentina terma jamoasi JCH-2026 ishtirokchilari safidan chetlatilishi mumkin — La Nacion

Argentina terma jamoasi JCH-2026 ishtirokchilari safidan chetlatilishi mumkin — La Nacion

Baho:
+-1 | -

Argentina terma jamoasi Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) atrofidagi korrupsiya janjali fonida 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib yuborilish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda La Nacion nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, AFA rahbariyati vakillari — tashkilot rahbari Klaudio Tapiya, uning ishonchli shaxsi Pablo Toviginyo hamda moliya departamenti rahbari o‘rinbosari Lusiano Nakis gumon ostida qolmoqda. Sud Pilar shahrida joylashgan 10 gektarlik qo‘rg‘on, undagi vertolyot qo‘nish maydonchasi, ot boqish fermer xo‘jaligi va 50 tadan ortiq retro avtomobillarga bo‘lgan mulk huquqini o‘rganmoqda.

Qayd etilishicha, agar tergov yakunida sud ishlari boshlansa va futbol federasiyasi faoliyatiga davlat aralashuvi mavjud deb topilsa, Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) Argentina terma jamoasini musobaqadan chetlatishi mumkin.

Avvalroq polisiya AFA binosida hamda mamlakatdagi 13 ta futbol klubida noqonuniy moliyaviy operasiyalarda, jumladan pul yuvishda ishtirok etilgani gumoni bilan tintuv o‘tkazgan edi. Tergov Sur Finanzas kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur kompaniya qayd etilgan klublarga homiylik qilgan va AFA prezidenti Tapiyaning yaqin do‘sti Ariel Valyexoga tegishli. Tergovchilarning fikricha, Sur Finanzas klublarga qarzlar taqdim etgan va televizion yoki marketing huquqlari orqali to‘lovlar olgan bo‘lishi mumkin.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:59, 14.12.2025.
O'qildi: 4212 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик