Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Barselona» va «Atletiko» Alvares bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

«Barselona» va «Atletiko» Alvares bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Nufuzli insayder Fabrisio Romano «Barselona»ning yangi hujumchi sotib olish borasidagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar Xulian Alvares transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda.

«O‘ylashimcha, yakunda «Barselona» hujumchi sotib oladi. Hozir ular Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyat qanday hal bo‘lishini kutishmoqda, ammo ularning maqsadi — hujumchi xarid qilish.

Alvares ushbu pozisiya uchun asosiy prioritetmi? Ular uni tarkibga qo‘shib olishga harakat qilishadi, bu aniq. Bitim amalga oshadimi-yo‘qmi — bu «Barselona»dan ko‘ra ko‘proq «Atletiko»ga bog‘liq. Ammo ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda», — dedi Romano Goal portaliga bergan intervyusida.

Nufuzli Transfermarkt portali 26 yoshli Xulian Alvaresning transfer qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:42, 02.08.2026.
O'qildi: 3251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик