«Barselona» faol ravishda yangi hujumchi qidirmoqda. Kataloniya klubi Ferran Torresning jamoadan ketishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rgan holda transfer bozorini o‘rganmoqda. Bu haqda The Touchline jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar beradi.
Avvalroq matbuotda 26 yoshli Torres «Barselona»ni tark etib, «PSJ» safiga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Fransiya Liga 1 grandi kataloniyaliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif etadigan har qanday moliyaviy shartidan ustunroq taklif berishga tayyorligi aytilmoqda.
Ko‘rinishidan, «Barselona» Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish umidini hali boy bergani yo‘q. Nufuzli insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar «Atletiko» bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda.













