«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri «Barselona» rahbariyatiga Ispaniya chempionatiga qaytgan taqdirda faoliyatini faqat Madridning «Real» klubida davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Avvalroq Kataloniya klubi yarim himoyachi Frenki de Yongning og‘ir jarohati sababli ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshlagan edi. «Barselona» agar futbolchi jamoasini o‘zgartirishga rozi bo‘lsa, rasmiy so‘rov yuborishga va uni 50 million yevroga sotib olishga tayyor ekani xabar qilingandi. Biroq «Oltin to‘p» sohibi allaqachon madridliklar foydasiga qaror qabul qilib bo‘lgan.
Rodri 2019 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Angliya jamoasiga Madridning «Atletiko» klubidan 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Yarim himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













