Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges o‘z munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashadi. The Sun nashrining xabar berishicha, yulduzli juftlikning to‘yi kelayotgan shanba kuni, 8 avgustda bo‘lib o‘tadi. Ronaldu to‘y marsimini o‘zi ulg‘aygan Madeyra orolida o‘tkazadi.
Nikoh marosimi Funshal soborida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng bayram tadbiri besh yulduzli mehmonxonaga ko‘chadi.
«Mehmonxona mehmonlariga juma va shanba kunlari ikki qavat, shuningdek, bir nechta bar zonalari yopiq bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi», — deydi manba.
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yilda tanishishgan va oradan ko‘p o‘tmay uchrasha boshlashgan. Ular besh nafar farzandni tarbiyalashmoqda (ulardan ikki nafarini Jorjina dunyoga keltirgan).













