Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Zidan boshchiligidagi Fransiyaning ilk uy o‘yini 80 ming tomoshabin qarshisida o‘tadi. Chiptalar bir sutkada tugadi

Zidan boshchiligidagi Fransiyaning ilk uy o‘yini 80 ming tomoshabin qarshisida o‘tadi. Chiptalar bir sutkada tugadi

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Fransiya terma jamoasining ilk uy o‘yini to‘liq stadionda (anshlag) bo‘lib o‘tadi.

Fransuzlar Millatlar ligasi doirasida 2 oktyabr kuni Italiyani qabul qiladi. RMC Sport xabariga ko‘ra, «Stad de Frans»dagi o‘yin uchun ajratilgan barcha 80 mingta chipta ochiq sotuvga chiqarilganidan so‘ng taxminan bir sutka ichida sotib bo‘lingan.

Chiptalar sotuvi 31 iyul kuni soat 14:00 da boshlangan edi. Fransiyalik ishqibozlarning Bleus & Fiers assosiasiyasi prezidenti Jan-Batist Montarnyening so‘zlariga ko‘ra, Italiyaga qarshi o‘yinga bo‘lgan talab odatdagidan taxminan uch baravar yuqori bo‘lgan.

«Zidan omili yaqqol sezilib turibdi. Odamlar stadionga kelib, fransuz futboli afsonasi bo‘lmish yangi murabbiyni ko‘rishni istashmoqda», — dedi MontarnYE.

Zidan 28 iyul kuni Didye Desham o‘rnini egallab, Fransiya terma jamoasini boshqarishga kirishdi. Uning qo‘l ostidagi ilk o‘yin 25 sentyabr kuni mehmonda Turkiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng fransuzlar Belgiya mehmoni bo‘lishadi, so‘ngra «Stad de Frans»da Italiya va Belgiyani qabul qilishadi.

Kiritildi: 19:00, 02.08.2026.
O'qildi: 2225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик