Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

"Roma" "Real" futbolchisini qo‘lga kiritishga qattiq bel bog‘lagan

"Roma" "Real" futbolchisini qo‘lga kiritishga qattiq bel bog‘lagan

Baho:
+1 | -

"Roma" hali ham "Real" hujumchisi Endrikni sotib olishga umid qilmoqda. Klub braziliyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi va kelishuvga "Qirollik klubi"ga qaytish uchun birinchi tanlov varianti ham kiritilishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Roma" sport direktori Toni d'Amiko transferning amalga oshirilishini aniqlash uchun Madridga tashrif buyurgan.

"Real Madrid" hozirda Endrik bilan xayrlashish niyatida emas, ammo "Roma" 20 yoshli futbolchini ustuvor maqsad deb biladi va oxirigacha kurashadi.

Avvalroq futbolchining yangi murabbiy Joze Mourinyoni ishontirishni istagani uchun ketish niyatida emasligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 22:18, 02.08.2026.
O'qildi: 2842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик