Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Gulistonga katta futbolni qaytarish yo‘lida amaliy harakatlar boshlandi

Gulistonga katta futbolni qaytarish yo‘lida amaliy harakatlar boshlandi

Baho:
+ | -

13 dekabr kuni Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi. Unda yangi tashkil etilayotgan «Guliston» klubining Liga bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etish masalasi muhokama qilindi.

Avvalroq Erkinjon Turdimov mazkur masalani amalga tatbiq etish masalasida viloyat Kasaba uyushmasiga rahbarlik qilayotgan Oybek Ashurmatov bilan suhbatlashgan bo‘lib, shu asnoda Oybek Shodmonqulovich Liga ofisiga tashrif buyurgandi. Qayd etish kerak, Ashurmatov Sirdaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat olib borgan davrda «Guliston» klubi 2013 yilgi mavsumni Oliy ligada o‘tkazgandi.

«Guliston» klubi Sirdaryo viloyati futbol assosiasiyasi qoshida tashkil etiladi. U 2026 yilgi mavsumda Liga a’zoligiga qabul qilinishi va ilk mavsumni Birinchi ligada o‘tkazishi masalasi Erkinjon Turdimov bilan uchrashuvda kelishib olindi. Bu yo‘lda har qanday masala bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Sir emaski, Birinchi ligada Sirdaryo viloyati sharafini ikki mavsumdan buyon viloyat futbol akademiyasining sport klubi himoya qilib kelmoqda va u o‘zining uy uchrashuvlarini Yangiyer shahrida o‘tkazadi. «Guliston» klubi ham Guliston shahridagi stadion Liga tomonidan qabul qilib olinguniga qadar Yangiyerdagi stadiondan foydalanishi rejalashtirilgan.

Erkinjon Oqbo‘tayevich mamlakat futboli rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan inson sifatida Liga tomonidan qadrlanadi. Navoiy, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida hokim bo‘lib ishlagan vaqtida Turdimov "Qizilqum", "Surxon", "Dinamo" kabi klublardagi islohotlarga bevosita sababchi bo‘lgan.

Ikki yarim yil muqaddam tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvdan keyin Samarqanddagi "Dinamo" stadioni maydoni to‘liq ta’mirdan chiqarilib, uning drenaj va sug‘orish tizimi, maysasi Superliga talablariga moslangan, maydon atrofi rezina qoplama bilan o‘ralgan, shuningdek, stadion texnik zonasida yana bir qator ishlar amalga oshirilgandi. Ishonamizki, yana bir necha oylardan so‘ng «Guliston»da ham Liga talabiga javob beradigan stadion muxlislarni qabul qila boshlaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:01, 14.12.2025.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.