"Nyukasl Yunayted" futbolchisi jarohat oldi. Xabarlarga ko‘ra, "Fulxem" bilan g‘alabali bahsdan keyin "qarg‘alar" himoyachisi Tino Livramento jarohat olgan.
Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau shunday deydi: "Jarohat jiddiy ko‘rinadi. Biz hozir bir narsa deya olmaymiz. Ertaga testlardan keyin hammasi ma’lum bo‘ladi".













