Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-1 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 0-0 Nasaf

"Arsenal"da jahon darajasidagi hujumchi yo‘q" — Karrager

"Arsenal"da jahon darajasidagi hujumchi yo‘q" — Karrager

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager Londonning "Arsenal" klubidagi hujumchilar bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

Mikel Arteta Mikel Merino va Viktor Dyokereshdan birini tanlashi kerak, shuningdek, mavsum boshida jiddiy jarohat olgan Kay Xavers ham tez orada safga qaytadi.

"Hozir birinchi tanlov Merino bo‘lib qolmoqda. Dam olish kunlari Dyokeresh o‘ynaganini bilaman, lekin menimcha, bu uning yaqinda jarohatdan qaytgani, unga o‘yin amaliyoti kerakligi va raqib "Vulverxempton" bo‘lgani bilan bog‘liq edi. Merino oldinda o‘ynab ko‘p gol uradi, ammo u deyarli "soxta to‘qqizlik" vazifasini bajaradi. Xavers ham xuddi shunday usulda o‘ynaydi.

Bunday xilma-xillik "Arsenal"ga o‘zgaruvchanlik beradi: yaxshi "sof" hujumchi bor, "soxta to‘qqizliklar" bor. O‘ylashimcha, Artetaga APLda g‘olib chiqish uchun ularning barchasi kerak bo‘ladi, ammo ularning hech birini "Arsenal"da kutilgan "jahon darajasidagi hujumchi" deb bo‘lmaydi," - deya Karragerning so‘zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Shanba kuni "kanonirlar" "Everton" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 13:11, 18.12.2025.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.