Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu XXI asrda Yevropaning top-5 ligalarida eng ko‘p o‘yin vaqti o‘tkazish bo‘yicha rekordchiga aylandi. Bu haqda Score nashri xabar berdi. Ronaldu maydonda 75 927 daqiqa harakat qildi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Serxio Ramos egalladi - 70 461 daqiqa. Argentinalik hujumchi Lionel Messi reytingning uchinchi pog‘onasida bormoqda - 70 022 daqiqa.
Krishtianu Ronaldu 2003-2022 yillarda Yevropa top-ligalarida "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" klublarida o‘ynagan. Hozirda futbolchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida to‘p tepmoqda.













