Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Mundo Deportivo» Mark-Andre ter Shtegenning «Barselona»dagi kelajagi haqida insayd bilan o‘rtoqlashdi

«Mundo Deportivo» Mark-Andre ter Shtegenning «Barselona»dagi kelajagi haqida insayd bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+2 | -

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Rojdestvo tanaffusidan so‘ng 33 yoshli golkiper asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytdi va imkoni boricha tezroq o‘yinlarga kirishishni maqsad qilgan. Karyerasida ehtimoliy o‘zgarishlar haqidagi gap-so‘zlarga qaramay, nemis futbolchisi o‘z kelajagini hali ham kataloniyaliklar bilan bog‘lamoqda.

Ter Shtegen muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda va Ispaniya kubogi bahslarida imkoniyat olishni umid qilyapti, shuningdek, Superkubok o‘yinlarida qatnashishini ham istisno etmayapti. Ayni paytda u, hatto boshqa klublar qiziqish bildirgan taqdirda ham, zaxira darvozaboni roliga rozi bo‘lishni ko‘zda tutmayapti.

Manbalar ta’kidlashicha, darvozabonning pozisiyasi barqaror: u «Barselona» bilan tuzilgan shartnomasini oxirigacha bajarish niyatida va ehtimoliy ketishni shoshilmasdan, vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatmoqda. Ter Shtegen asosiy tarkib uchun raqobat qilishga va jamoada muhim rol o‘ynashda davom etishga qodir ekaniga ishonadi. U jamoa sardorlaridan biri hisoblanadi.

Darvozabonning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Avvalroq OAVda ter Shtegenni «Jirona»ga ijaraga berish ehtimoli haqida xabarlar chiqqan edi, biroq futbolchining o‘zi kafolatlangan o‘yin amaliyoti bo‘lmagan sharoitda klubni almashtirishga tayyor ekanini namoyish etmayapti.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:11, 30.12.2025.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик