Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan yangi formatdagi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan yangi formatdagi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab yangi formatdagi Total Chess World Championship Tour musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Total Chess World Championship Tour bir yil davomida bir nechta shaharlarda o‘tkaziladigan musobaqalar tizimi bo‘lib, u tezkor klassik, rapid va blis formatlarini o‘z ichiga oladi. Yakunda ushbu uch yo‘nalishda barqaror natija ko‘rsatgan shaxmatchi FIDE World Combined Champion — FIDE aralash Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Total Chess World Championship Tour musobaqasi Norway Chess tashabbusi va FIDE roziligi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Turnir yil davomida bir nechta shaharlarda tashkil etiladi.

Har mavsumda jami to‘rtta turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan: uchtasi saralash bosqichi, bittasi esa final sifatida o‘tkaziladi. Saralash turnirlarida 24 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Mavsum yakunida to‘plangan ochkolar asosida eng kuchli to‘rt nafar shaxmatchi final bosqichiga yo‘l oladi.

Loyiha 2026 yil kuzida boshlanadi, to‘liq mavsum esa 2027 yilning birinchi choragida start oladi.

Mukofot jamg‘armasi har bir turnir uchun kamida 750 ming AQSH dollari, final bosqichi uchun esa kamida 450 ming AQSH dollari etib belgilangan.

Ta’kidlanishicha, an’anaviy FIDE klassik Jahon chempionati o‘z yo‘nalishida davom etadi. Yangi tur klassik chempionatning o‘rnini bosmaydi, balki unga parallel ravishda tashkil etiladi.

Rasmiy reglament va saralash mezonlari 2026 yilning birinchi choragida e’lon qilinadi. Dastlabki rejaga ko‘ra, saralash jarayonida FIDE reytingi, FIDE Circuit natijalari hamda rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionatlaridagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Shu sababli blis bo‘yicha Jahon chempionatida finalgacha yetib borgan Nodirbek Abdusattorov ushbu turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Turli vaqt nazoratlarida barqaror o‘yin namoyish eta oladigan shaxmatchi eng mukammal chempion sifatida e’tirof etiladi. FIDE tasdig‘i bilan ushbu loyiha global shaxmat taqvimidagi eng nufuzli seriyalardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov hozirda 2751 ochko bilan FIDE reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, u rapid reytingida 2703 ochko (17-o‘rin), blis reytingida esa 2785 ochko (5-o‘rin) jamg‘argan.

21 yoshli grossmeyster joriy yilda blis bo‘yicha Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Finalda u dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan London Chess Classic 2025 turnirida g‘olib bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:05, 01.01.2026.
O'qildi: 2111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.