Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxo jamoaga qaytganiga qaramay, «Espanyol»ga qarshi o‘yinda «Barselona» safida maydonga tushmaydi

Arauxo jamoaga qaytganiga qaramay, «Espanyol»ga qarshi o‘yinda «Barselona» safida maydonga tushmaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi va jamoa sardori Ronald Arauxo psixologik muammolarini hal etgandan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» mashg‘ulotlariga qaytganiga qaramay, Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu qaror sababini tushuntirib o‘tdi.

«Uning qachon qaytishi o‘ziga bog‘liq. Hammasi joyida, ammo Ronald jismonan hali 100 foiz tayyor emas, u qachon to‘liq qaytishini o‘zi hal qilishi kerak. Bu uning o‘zi uchun juda muhim.

Arauxo jamoadoshlari bilan suhbatlashdi, barcha uni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘ryapman va his qilyapman. U qaytdi, bu juda muhim futbolchi. Qaytishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha vaqt oladi, lekin unda hammasi yaxshi», — dedi Flik.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasida «Chelsi»ga qarshi o‘yindan (0:3) keyin Arauxo psixologik muammolar sabab «Barselona»ning barcha musobaqalardagi yetti o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:55, 02.01.2026.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.