Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pyer-Emerik Obameyang Gabon hukumatining futbolchini terma jamoadan chetlatish haqidagi qaroriga izoh berdi

Pyer-Emerik Obameyang Gabon hukumatining futbolchini terma jamoadan chetlatish haqidagi qaroriga izoh berdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Marsel» klubi hujumchisi va Gabon terma jamoasining sobiq futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang mamlakat hukumatining uni milliy jamoa safidan chiqarish qaroriga munosabat bildirdi.

Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga ilgari sazovor bo‘lgan Obameyang X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi postga javob qaytardi. Ushbu postda futbolchi terma jamoadagi muammolarning asosiy sababchisi sifatida ayblangan edi. Obameyang esa quyidagicha fikr bildirdi:

«Menimcha, jamoadagi muammolar men kabi kichik insondan ancha chuqurroq».

Eslatib o‘tamiz, Gabon terma jamoasi 2026 yilgi Afrika millatlar kubogidan chiqib ketganidan so‘ng, mamlakat hukumati milliy televideniye orqali bayonot e’lon qildi. Unda jamoaning Afrika millat kubogi guruh bosqichidan so‘ng turnirni tark etganini "sharmandagarchilik" deb baholanib, Pyer-Emerik Obameyang hamda Ekele Manga terma jamoa safidan chetlatilgani, shuningdek, murabbiylar shtabi tarqatilgani ma’lum qilindi.

Ekele Manga Gabon terma jamoasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi (105 ta o‘yin), Pyer-Emerik Obameyang esa milliy jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, uning hisobida 41 ta gol bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:06, 03.01.2026.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик