"Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso ishdan ketganidan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi. U o‘zining Instagram sahifasida shunday yozdi:
"Professional sahnadagi rolim hozircha nihoyasiga yetdi. Afsuski, hammasi biz istagandek bo‘lmadi. "Real"dek jamoaga bosh murabbiylik qilish haqiqiy sharaf va mas’uliyatdir. Men hammasi uchun muxlislar va rahbariyatga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Qo‘limdan kelganini qilgan holda, klubni o‘zaro hurmat, mehr va sharaf bilan tark etdim. Hammaga rahmat".













