Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Pep Gvardiola — Husanov haqida: «Top transfer»

Pep Gvardiola — Husanov haqida: «Top transfer»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning rivojlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«U tezkor o‘yinchi edi, hozir ham tezkor o‘yinchi — hech narsa o‘zgarmadi. U juda ishonchli. Fransiyada olti oy yuqori darajada o‘ynab, bu yerga keldi — oson emas.

Uni «special» (maxsus) futbolchi deb hisoblayman. O‘yin uslubimiz uchun haqiqatan ham o‘ziga xos futbolchi, bizga ko‘p yordam beradi, chunki jamoa juda yuqoriga ko‘tarilib o‘ynaymiz. Orqa chiziqdagi barcha pozisiyalarni u juda yaxshi yopmoqda. Menimcha, uning o‘zi ham bunday harakatlarni bajarishni yaxshi ko‘radi.

Asta-sekin nima qilish kerakligini tushunib bormoqda; to‘p bilan ishlash jarayonida u bizga kerak, u buni uddalaydi. U juda yosh. U murabbiy tarbiyalashi uchun qulay futbolchi. Mashg‘ulotlarda har doim yaxshi ishlaydi. 100 foiz borini beradi.

Top transfer. O‘tgan mavsumda klub uni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ajoyib qaror qabul qilganini aytganman. Husanov shunaqa futbolchiki, uni transfer bozoriga qo‘ysangiz, dunyoning TOP-10 jamoalari uni xohlashadi, chunki unda noyob fazilat bor. Himoyachida topish juda qiyin bo‘lgan maxsus xususiyatlarga ega».

Ingliz tilida yetarlicha gaplashishni o‘rganib olgan. Hamma ko‘rsatmalarni tez ilg‘ab oladi. Yanada o‘sishi mumkin, buning uchun esa «Men o‘ylaganimdan ham yaxshiroqman» deb o‘zi ishonishi kerak. Men uni zo‘rligini, juda iste’dodli ekanligini aytib doimo ruhlantirib turaman.

Uning uzun to‘plar, uzoq masofaga uzatmalar qilish qobiliyati bor, u himoya chizig‘ini ajoyib tarzda yorib o‘tadi, paslarni tez va aniq uzatadi. Faqat bularni doimiy bajarishga ko‘proq jasorat kerak. Bu vaqt bilan keladigan narsa. U hali juda yosh. Qancha ko‘p o‘ynasa, shuncha tajriba orttiradi», - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Kiritildi: 11:54, 13.01.2026.
O'qildi: 3912 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик