"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar safini tark etishga tayyorlanmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"dan Tommi Markes ortidan ketadi. Markesning Portugaliyaning "Braga" klubiga transferi allaqachon kelishib olingan.
Kasadoning faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan muzokaralar hamon olib borilmayapti. Futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozi uchun yangi klub topish ustida ishlashda davom etmoqda.
Turli manbalar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kasadoga kelasi mavsumda unga asosiy tarkibda ishonmasligini ochiq ma’lum qilgan.
Transfermarkt portali Mark Kasadoning hozirgi bozor qiymatini 18 mln yevroga baholamoqda.













