Seshanba oqshomida "Manchester Yunayted" Maykl Kerrikning jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman tasdiqladi. Avval "MYU"da o‘ynagan va murabbiylik qilgan 44 yoshli angliyalik yozgacha shartnoma imzoladi.
"Maykl - ajoyib murabbiy va u "Manchester Yunayted"da natijaga erishish uchun nima qilish kerakligini aniq biladi. U iqtidorli va intiluvchan jamoamizni mavsum oxirigacha boshqarishga tayyor. Biz muntazam va barqaror muvaffaqiyatga erisha oladigan klubni qurishda davom etamiz", - deya "qizil iblislar" sport direktori Jeyson Uilkoksning izohlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Maykl Kerrik o‘tgan hafta boshida iste’foga chiqarilgan Ruben Amorim o‘rnini egalladi.













