Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Karlo Anchelotti «Santyago Bernabeu»da ko‘rinish berdi (foto)

Karlo Anchelotti «Santyago Bernabeu»da ko‘rinish berdi (foto)

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi ustozi, bungacha Madridning "Real" klubini boshqargan Karlo Anchelotti Ispaniyada bo‘lib turibdi. Italiyalik mutaxassis La Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Real" - "Levante" uchrashuviga tashrif buyurdi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalistlari xabar berdi.

Anchelotti uchrashuv jarayonini "Santyago Bernabeu" VIP lojasida kuzatib bordi. Mutaxassis hujumchi Vinisius Juniorni kuzatdi.

Bahsda "Qirollik klubi" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘tkazilgan 20 ta o‘yindan so‘ng Alvaro Arbeloa shogirdlari 48 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Real" peshqadam Kataloniyaning "Barselona"sidan 1 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 13:41, 18.01.2026.
O'qildi: 2836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик