"Monako" bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli jamoaning Chempionlar ligasi 8-turidan o‘rin olgan Turinning "Yuventus" klubiga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
"Monako" va "Yuventus" o‘rtasidagi o‘yin 28 yanvar kuni Monte-Karloda bo‘lib o‘tadi.
"Har bir jamoaning o‘z dinamikasi bor, bizniki esa so‘nggi ikki oy davomida yaxshi holatda emas, "Yuventus"ning ishlari ancha yaxshi ketmoqda," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Uning qayd etishicha, monakoliklar mavsumni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ushbu o‘yin oldidan jipslashishi muhim. Avvalgi uchrashuvda "Monako" Madridning "Real" klubiga 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.













