Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Paxtakor FM» 2026-yildan e’tiboran Proligada ishtirok etadi

«Paxtakor FM» 2026-yildan e’tiboran Proligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» klubi qoshidagi farm jamoa Qibraydagi futbol bazasida joylashgan stadion kapital ta’mirdan chiqqunga qadar o‘z uy uchrashuvlarini «Paxtakor» stadionida o‘tkazish, shuningdek, Proliga reglamentida aks etgan barcha talablarni bajarish uchun kafolat berdi.

Ma’lumki, farm jamoa tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi Superliga va U21 chempionatida ishtirok eta olmaydi. Jamoa tarkibida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi faqatgina davrlar oralig‘ida asosiy jamoaga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, klubning Proliga jamoasida ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan futbolchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi Birinchi liga musobaqasinikidan farq qiladi.

«Paxtakor» futbol maktabidan yetishib chiqayotgan futbolchilarning nisbatan yaxshiroq musobaqa va stadionlarda to‘p tepishi, shuningdek, Superliga uchun da’vogar klublarga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi inobatga olinib, klub rahbariyati shunday qarorga keldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:34, 31.01.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик